Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan o‘rganildi
янв.21
Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali “Yashil iqtisodiyot” va ekologik islohotlar ijrosi yuzasidan nazorat kuchaytirilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Yunusobod tuman Kengashi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
29-Xadra saylov okrugida infratuzilmani rivojlantirish masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
30-iyun — Yoshlar kuni
🏛 Yoshlar yetakchisi faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.

📖 O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–406) ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov o‘z saylov okrugidagi Bo‘ston mahallasi yoshlar yetakchisi J.Otojanov faoliyatini o‘rgandi.
🤝 O‘rganishda kotibiyat mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov ishtirok etdi.
📊 O‘rganish davomida joriy yilning 6 oyi mobaynida Bo‘ston mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
💼 Jumladan, "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida 7 nafar yoshga 136 million so‘m miqdorida, "Mahallam loyihasi" va "Biznesga ko‘mak" dasturlari orqali esa 5 nafar yoshga 165 million 400 ming so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.
✅ Natijada mazkur yoshlarning bandligi ta’minlanib, ular o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
📌 O‘rganish yakunida yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda ajratilgan kreditlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4