Deputat so‘rovi yuborildi.
⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnoma hamda tegishli farmon va qarorlarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash va davlat xizmatlari sifatini oshirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
⚡️ Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan qabul qilingan buyruqlarga muvofiq, murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.
❗️ Biroq amaliyotda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli muassasalarda murojaatlar bilan ishlovchi mas’ul xodimlar uchun alohida shtat birliklari ajratilmagani sababli murojaatlar bilan ishlash jarayonida qator qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.
📄 Shu munosabat bilan Samarqand viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘iga deputat N. Kenjayeva tomonidan 214-ds-383-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
✅ So‘rovda aholi murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar uchun alohida shtat birliklarini ajratish masalasini ko‘rib chiqish, tizim samaradorligini oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
👍 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish va fuqarolarning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish masalasi doimiy e’tiborda.