Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam
янв.21
Bir murojaat – bir yechim
янв.21
Yoshlar tashabbusi deputat va Yoshlar maslahat guruhi e’tiborida
янв.21
Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi obyektlarga tashrifi jarayonidan fotolavhalar.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Samarqand viloyat hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bulung'ur tumanida bo'lib o'tdi

Korrupsiyaga qarshi  kurashish Samarqand viloyat hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bulung'ur tumanida bo'lib o'tdi

Yig'ilishda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich, Korrupsiyaga qarshi kurashish Samarqand viloyat hududiy Kengashi a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Bulung'ru tuman hokimi S.Astanov, Tuman Kengashi raisi va deputatlari, tuman tashkiloti rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yig'ilishni Korrupsiyaga qarshi kurashish Hududiy Kengashi raisi Sh.Negmatov olib bordi.

💠Mazkur yig'ilishda dastlab, Tumanda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha” yo‘l xaritada belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat prokraturasi bo’lim boshlig’i Sh.Haqberdiyevning o’rganish natijalari bo’yicha axborot tinglandi.

👍Shundan so’ng, Bulung'ur tuman hokimi S.Astanov, o'rganish natijalarida kamchiliklarga yo'l qo'ygan tuman tashkiloti rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

🤔Hisobotlar so'nggida korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan soha vakillariga chora-tadbirlar ishlab chiqish va qat'iy nazoratga olish vazifalari berildi.

👍Kengash yig'ilishi so'ngida, Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Abdullayev yurtimizda korrupsiyani oldini olish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan axborot berib o’tdi.

26.06.2026-YIL

Slide 1 of 9