Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam
янв.21
Bir murojaat – bir yechim
янв.21
Yoshlar tashabbusi deputat va Yoshlar maslahat guruhi e’tiborida
янв.21
Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov G‘allakor mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda aholi bilan uchrashdi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov G‘allakor mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda aholi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan tomorqa va dehqonchilikdan samarali foydalanish, g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekinlar ekish hamda aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bo‘sh turgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, sabzavot, poliz va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va xonadonlar daromadini ko‘paytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Suhbat davomida mahalla aholisiga yer resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1