Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam
янв.21
Bir murojaat – bir yechim
янв.21
Yoshlar tashabbusi deputat va Yoshlar maslahat guruhi e’tiborida
янв.21
Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi obyektlarga tashrifi jarayonidan fotolavhalar.
Mashad mahallasida aholi farovonligi va yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Anvarova Mashad mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini oʻrganib, mahalla faollari bilan uchrashu o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi muammolarini hal etish va ularning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan tadbirlar samaradorligi ham o‘rganildi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bir qator murojaat va takliflar bildirildi. Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan o‘rganilib, tegishli tartibda deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi. Mazkur masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalarga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Uchrashuv yakunida mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi murojaatlariga tezkor yechim topish hamda yoshlar va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 7