Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan o‘rganildi
янв.21
Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali “Yashil iqtisodiyot” va ekologik islohotlar ijrosi yuzasidan nazorat kuchaytirilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Yunusobod tuman Kengashi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
29-Xadra saylov okrugida infratuzilmani rivojlantirish masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
30-iyun — Yoshlar kuni
🔰Deputat mahallada.

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova tomonidan “Kimyogar” MFYda istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, kambag‘al oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning. Shuningdek, nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati uyma-uy yurib o‘rganib chiqildi.

🔹O‘rganish davomida fuqaro N.Boymurodovaning xonadoniga tashrif buyurildi. Ayolning turmush o‘rtog‘i vafot etgani, qaramog‘ida 2-nafar farzandi borligi aniqlandi. Oila ayni paytda yashab turgan uyi uchun ipoteka krediti to‘lamoqda. Shuningdek, xonadonning tabiiy gazdan 5-mln so‘m qarzdorligi mavjudligi bois iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan.

🔹Deputat tomonidan mazkur murojaat "deputat yon daftari"ga qayd etilib ushbu oilaning muammolarini hal etish va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘riladigan bo‘ldi. Jarayon deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2