Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam
янв.21
Bir murojaat – bir yechim
янв.21
Yoshlar tashabbusi deputat va Yoshlar maslahat guruhi e’tiborida
янв.21
Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi obyektlarga tashrifi jarayonidan fotolavhalar.
Deputatlik so‘roviga javob xati olindi

Deputatlik so‘roviga javob xati olindi

✅ Tuman Kengashi deputati Z.B.O‘zbekova tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda bu boradagi mavjud holatni o‘rganish maqsadida yuborilgan deputatlik so‘roviga mutasaddi tashkilot tomonidan javob xati taqdim etildi.

✅ Javob xatida ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, elektron platformalardan foydalanish, ota-onalarni farzandlarining o‘zlashtirishi va davomati haqida tezkor xabardor qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olingani qayd etilgan.

✅ Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, kelgusida ham ta’lim sifati va ota-onalar uchun yaratilayotgan qulayliklarni oshirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Deputat tomonidan kelib tushgan javob xati tahlil qilinib, ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazorati ta’minlanadi.

✍ Farzand ta’limiga e’tibor – kelajakka e’tibordir.

Slide 1 of 3