Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Yunusobod tuman Kengashi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
29-Xadra saylov okrugida infratuzilmani rivojlantirish masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
30-iyun — Yoshlar kuni
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tashabbusi bilan 26-“Chorguzar” saylov okrugi hududidagi “Xursandlik” MFYda joylashgan 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan navbatdagi muhim tadbir tashkil etildi.

Ertalabdan boshlab o‘quvchi-yoshlar, ustozlar hamda faollar ishtirokida ommaviy yurish va badantarbiya mashqlari o‘tkazilib, sog‘lom hayot kechirish, jismoniy faollikni oshirish va kunni tetik kayfiyatda boshlash madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish, ularni zararli odatlardan uzoq tutish hamda sog‘lom va faol avlodni voyaga yetkazish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda. 


Bunday amaliy tadbirlar orqali hududda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va yoshlarning jismoniy hamda ma’naviy barkamolligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4