Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallalardagi muammolar deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yana bir masala ijobiy hal etildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi jarayonlaridan fotolavhalar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Nodir Yunusov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat boshchiligida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
#deputat_faoliyati


Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarorining Jondor tumanidagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
📌Mazkur qaror respublikamizda, xususan, suv taqchilligi sezilarli bo‘lgan hududlarda suv resurslarini boshqarishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan. Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman mas’ullarining qaror ijrosi yuzasidan hisobotlari tinglandi.
📌Yig‘ilish davomida tumanda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, kanallar va ariqlarni betonlashtirish hamda "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasalari faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
📌Komissiya a’zolari va soha mutaxassislari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda asosiy e’tibor quyidagi muhim jihatlarga qaratildi:
·         Suv yo‘qotishlarini kamaytirish: Tumandagi sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, ichki ariq va kanallarni tozalash hamda betonlashtirish ishlarining borishi;
·         Tejamkor texnologiyalar: Paxta, g‘alla va boshqa ekin maydonlarida tomchilatib hamda yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini joriy etishdagi yutuq va kamchiliklar;
·         Hisob-kitob aniqligi: Suv iste’molchilari va suv yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomaviy majburiyatlar, suv o‘lchash jihozlarining o‘rnatilishi holati.
 📌 Yig‘ilishda qayd etilganidek, bugungi iqlim o‘zgarishi va suv resurslari cheklangan sharoitda har bir tomchi suvdan unumli foydalanish nafaqat iqtisodiy, balki ekologik barqarorlikning ham bosh mezonidir.
  📌  Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. Unda tumanda PQ-5-sonli qaror ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar hamda chora-tadbirlar belgilab berildi.

Slide 1 of 6