Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna va tuman hokimi o‘rinbosari Shakirova Shoxida Yusupovna tomonidan “Lashkarbegi” mahallasida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha ish-rejalar muhokama qilinib, mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy masalalari, xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylar hayoti, oilalarni mustahkamlash hamda hudud infratuzilmasiga oid bo‘lgan vazifalarning samarali ijrosi bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlari tinglanib, har bir masala yechimi bo‘yicha mas’ullar belgilandi.