Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi jarayonlaridan fotolavhalar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Nodir Yunusov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat boshchiligida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi 23-iyun, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMAN KENGASHINING VII CHAQIRIQ XXI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

2026-yil 19-iyun kuni Furqat tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining VII chaqiriq XXI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar rahbarlari, ekspertlar guruhi a’zolari, Yoshlar maslahat guruhi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, yoshlar siyosati, jamoatchilik nazorati va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator muhim masalalar kiritildi.

Jumladan, sessiyada tuman hokimligining “Tuman mahalliy budjetining 2026-yil I chorak ijrosi to‘g‘risida”gi taqdimnomasi ko‘rib chiqilib, budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, daromadlar hamda xarajatlar ijrosi yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, Furqat tumanida Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish holati muhokama qilinib, mazkur mablag‘larning hududlarni obodonlashtirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi 128-son qarori ijrosi, ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash va inflyatsiyani belgilangan prognoz darajasida ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala sifatida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir oylik ish rejasi ko‘rib chiqilib, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yoshlar masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, tumanda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shu bilan birga, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya davomida 2026-yilda jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi ham muhokama qilinib, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududlarni yanada obod qilishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Furqat tumani hokimining 2026 yil 4 iyundagi 130-11-164-Q/26-sonli qarori ko‘rib chiqildi hamda ushbu masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

Muhokamalar jarayonida ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tahliliy xulosalar va amaliy takliflar bildirildi. Yoshlar maslahat guruhi vakillari esa yoshlarga oid qarorlar muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 1