Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Xolmatova hamda viloyat Kengashi deputatlari D.Jumaqova D.Mirzakarimovalar bilan birgalikda yangi konstruksiya asosida qurilgan "Nayman" MFY binosini o‘rganish maqsadida hududdagi “yettilik” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla binosining mavjud holati, fuqarolar qabuli uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilma masalalari hamda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, hududda olib boriladigan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.