Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent shahar Kengashi deputatlari Buxoro viloyatida tajriba almashuv safarida
янв.21
Mahallalardagi muammolar deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yana bir masala ijobiy hal etildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi jarayonlaridan fotolavhalar
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Nodir Yunusov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat boshchiligida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova tomonidan tumandagi Navro‘z mahallasida saylovchilarning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

⚡️O‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, kommunal xizmatlar, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, bandlik va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

✍️Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi aholining turmush sharoiti, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✔️Deputat tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni deputatlik nazoratiga olish, ularning ijrosini muntazam monitoring qilib borish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar fuqarolarning murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish, eng muhimi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3