Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat boshchiligida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi 23-iyun, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
“Zaminobod” mahallasidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning mahalla bilan hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
Sport infratuzilmasi va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi

Paxtakor tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o'tkazilgan "STREET BOLL" sport musobaqasining tuman bosqichi jarayonida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isaqulov 1-sonli texnikum sport zaliga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat sport inshootida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda musobaqalarning tashkil etilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishi va erishayotgan natijalarini e'tirof etdi.

Deputat tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb etish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish muhim ekani ta'kidlandi.

Slide 1 of 3