Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nodir Yunusov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat boshchiligida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi 23-iyun, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
“Zaminobod” mahallasidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning mahalla bilan hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Paxtakor” mahallasi hududida joylashgan 9-OShPda Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati X.Shayimova, tuman Nogironlar jamiyati hamda Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida deputatlik so‘rovi asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida Guliston tibbiyot klasterining 12 nafar malakali shifokori ishtirok etib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda mahalla fuqarolaridan 100 nafarga yaqin aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Ko‘rik davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tegishli yo‘nalishlarda davolanish va sog‘lomlashtirish choralari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

Slide 1 of 5