Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nodir Yunusov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat boshchiligida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi 23-iyun, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
“Zaminobod” mahallasidagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning mahalla bilan hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Deputatlar hududlarda

🔵 O‘rganishda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, Qo‘shtepa tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Axmadjonov, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.To‘ychiyev hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔼 O‘rganish jarayonida Eshonguzar MFY hududida joylashgan 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🇺🇿 Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori ijrosi yuzasidan olib borildi.

💬 O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlari sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, obyektning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi hamda yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📌 Ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yosh avlod uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4