Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi H. Xaydarova mahalladagi xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil qilindi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni talab etuvchi murojaatlar ijroga yo‘naltirildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini eshitish hamda amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati