Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam
янв.21
Bir murojaat – bir yechim
янв.21
Yoshlar tashabbusi deputat va Yoshlar maslahat guruhi e’tiborida
янв.21
Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi obyektlarga tashrifi jarayonidan fotolavhalar.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati G.Sayitqulova fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i bilan birgalikda “Yangiavlod” mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida aholi tomorqalariga sug‘orish suvi yetib kelmayotgani hamda buning natijasida yerlarning sho‘rlanish darajasi ortib borayotgani qayd etildi. Mutasaddilar tomonidan mavjud muammoning sabablarini aniqlash, sho‘rlanishning oldini olish va tomorqa yerlarining meliorativ holatini yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga aholini qiynab kelayotgan muammoni bartaraf etish hamda tomorqalarga suv yetkazib berishni yaxshilash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3