Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi
янв.21
Buyuk Turon mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
"Adolat" mahallasida barpo etilayotgan "Yashil bog‘" yuzasidan Kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali Yangihayot tumanida yo‘l harakati xavfsizligi masalasi ko‘tarildi
янв.21
Jo‘rabek mahallasida kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammo deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Shukur Burhonov mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va hududdagi dolzarb masalalar o‘rganildi
янв.21
50 yildan ortiq birga yashagan oilalar e’zozlandi
янв.21
2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Zaminobod mahallasidagi kanalizatsiya muammosini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan o‘rganildi
Deputat so‘rovi

Deputatlik nazorati doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan shahar hududlarida chiqindi qutilari (urnalar)ni o‘rnatish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablarining ijrosi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari M.Sotvoldievga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda markaziy va gavjum ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, istirohat bog‘lari, bozorlar, savdo majmualari hamda ko‘p kvartirali uy-joylar hududlarida chiqindi qutilarini o‘rnatish me’yorlariga rioya etilishi, ularni muntazam bo‘shatish va sanitariya holatini saqlash ishlari qay darajada tashkil etilgani yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

Mazkur masala bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning faoliyati, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar deputatlik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.