Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlariga rasmiy javoblar taqdim etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam
янв.21
Bir murojaat – bir yechim
янв.21
Yoshlar tashabbusi deputat va Yoshlar maslahat guruhi e’tiborida
янв.21
Yoshlarga oid dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi obyektlarga tashrifi jarayonidan fotolavhalar.
Uchtepa tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi va yozgi ta’til tadbirlari joyiga chiqib o‘rganildi

Uchtepa tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi va yozgi ta’til tadbirlari joyiga chiqib o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Ijtimoiy sohalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Saodat Dusmuhamedova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, tuman deputati Galina Xamitova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva tomonidan tumandagi 4-son va 74-son umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.

📆 Mazkur masala xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan bo‘lib, “Dolzarb 90 kun” dasturi hamda yozgi ta’til davrida bolalarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🏫 Ma’lum qilinishicha, joriy yil yoz mavsumida tumandagi 32 ta umumta’lim maktabida kompyuter, musiqa va san’at, sport hamda kasb-hunarga yo‘naltirilgan to‘garaklar tashkil etilib, ularga 1,5 ming nafardan ortiq o‘quvchini jalb etish rejalashtirilgan.

📇 Shuningdek, 132 ta sport inshootida qo‘shimcha 35 ta sport seksiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 1 250 nafar yoshlarni qamrab olish ko‘zda tutilgan. Madaniyat markazlari hamda musiqa va san’at maktablarida tashkil etiladigan 29 ta qo‘shimcha to‘garakka esa 920 nafar bola jalb qilinadi.

✅ “Besh tashabbus” doirasida tumanning 60 ta mahallasida 150 ga yaqin tadbirlar tashkil etilib, ularga qariyb 21 ming nafar yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

🤝 O‘rganish davomida yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Joriy yilda 4-, 74-, 229- va 251-sonli maktablar qoshida kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etilib, ularda 400 nafar bolani dam oldirish rejalashtirilgan. Qolgan 27 ta maktabda esa bolalar maydonchalari tashkil etilib, 5 400 nafar o‘quvchi qamrab olinadi.

📈 Tumanda 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 50 ming 184 nafarni tashkil etadi. Yoz mavsumida oromgohlar, sport-sog‘lomlashtirish maydonchalari va turli to‘garaklar orqali 24 ming nafar bolani mazmunli dam olish va foydali mashg‘ulotlarga jalb etish rejalashtirilgan.

📁 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar va takliflar navbatdagi sessiyada muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilinadi.

Slide 1 of 9