Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘rganish ishlari jarayonidan fotolavhalar
янв.21
Sergeli tumanida savdo va turizm infratuzilmasi obyektlari o‘rganildi
янв.21
Probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mahallalardagi muammolar va ustuvor vazifalar deputat ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikada ochiq muloqot va jamoatchilik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
Tadbirdan fotolavhalar
янв.21
“Yashil O‘zbekiston uchun birlashamiz!” shiori ostida yirik ekologik bayram tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
📌 Fuqarolar murojaati ijobiy va tezkor yechim topdi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan Yangiobod mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
Ushbu murojaat yuzasidan masala atroflicha tahlil qilinib, Shovot dehqon bozori MCHJ rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔍 Uchrashuv davomida yakshanba kunlari Az-Zamaxshariy ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan chiqindilar to‘planib qolayotgani sababli hududning sanitariya holati yomonlashayotgani, bu esa aholi salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida muhokama qilindi.
♻️ Muloqot yakunida mavjud muammoni bartaraf etish, chiqindilarni to‘liq olib chiqish hamda hudud sanitariya holatini tartibga keltirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni 1 kun muddatda amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
🤝 Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishi belgilandi.
✅ Fuqarolarning murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va mavjud muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 2