Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
янв.21
Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori kayfiyatda tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Aziz Ibragimov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Ahrorxon Xashimxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanidagi sug‘orish tizimi bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
Tabrik o‘qib eshittirildi

Tabrik o‘qib eshittirildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shko‘pir tuman bo‘linmasi rahbari R. Ismoilova 16-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar bilan samimiy va mazmunli uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda yoshlarning o‘rni va mas’uliyati, davlatimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor hamda yosh avlod uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Muhtaram Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tabrikda yoshlarga bildirilgan yuksak ishonch, Vatanga sadoqat, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallash, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish kabi ustuvor vazifalar o‘z ifodasini topdi.                    

Slide 1 of 1