Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Aziz Ibragimov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Ahrorxon Xashimxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanidagi sug‘orish tizimi bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Muxtor Ilhomov tomonidan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida o‘rganish olib borildi
янв.21
Vasila Alimova tomonidan monitoring tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT

DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Uktam Rajabov tomonidan tumandagi ikki muhim soha rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi:
1️⃣ Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri v.v.b. A.Musayevaga:
Ta’lim tashkilotlarida yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda "Milliy tarbiya modeli"ni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar so‘raldi.
2️⃣ Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i B.Rahmatullayevaga:
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va bunga sabab bo‘layotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan tumanda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar va tahlillar bo‘yicha hisobot talab qilindi.
📌 Eslatman: "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi va partiya rejalari doirasida yuborilgan ushbu so‘rovlar ijrosi qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi deputat tomonidan nazoratga olingan.