Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aziz Ibragimov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Ahrorxon Xashimxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanidagi sug‘orish tizimi bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Muxtor Ilhomov tomonidan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida o‘rganish olib borildi
янв.21
Vasila Alimova tomonidan monitoring tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Ulug‘bek Ziyodullayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Yoshlar manfaatlari yoʻlida yangi tizim
“Ma’rifat va saxovat karvoni” — xalq birdamligi va shukronalik ifodasi

Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qo‘qon shahrida “Ma’rifat va saxovat karvoni” shiori ostida “Shukronalik” tadbirlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar aholi o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik, bag‘rikenglik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri “Avg‘onbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida yuqori saviyada tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 2-“Avg‘onbog‘” saylov okrugi deputati Z.Madaminova, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida deputat tomonidan "Qo‘qon shahri xalq deputatlari, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari hamda hunarmand va tadbirkorlarning" shahar aholisiga murojaati o‘qib eshittirildi.

O‘z so‘zida deputat Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qo‘qon shahriga tashriflari davomida belgilab bergan ustuvor vazifalari, shaharni yaqin istiqbolda rivojlantirish strategiyasi hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, bugungi islohotlar xalq farovonligini oshirish, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish va mahallalarni yanada obod maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida nuroniylarning samimiy duolari, yoshlarning vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari va ijodiy dasturlari yig‘ilganlarga alohida ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, davra suhbatlari davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lidagi islohotlar hamda milliy qadriyatlarimizning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Kuy-qo‘shiqlar, madaniy chiqishlar va ma’rifiy suhbatlar tadbir ishtirokchilarida unutilmas taassurot qoldirib, shukronalik, inson qadri va bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida mahalla hayotida faol ishtirok etayotgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik vakillariga minnatdorlik bildirildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar xalqimiz o‘rtasidagi ahillik va birdamlikni yanada mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi