Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2026-yil 1-chorakdagi faoliyati muhokama qilindi.
Unda bo‘lim tomonidan korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quv-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilgani, tumanda yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Hisobotda bo‘limda barcha zarur texnika, asbob-uskunalar va jihozlar yetarli ekani qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida aholi xavfsizligini ta’minlash va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.