Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Aziz Ibragimov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Ahrorxon Xashimxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanidagi sug‘orish tizimi bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Muxtor Ilhomov tomonidan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida o‘rganish olib borildi
янв.21
Vasila Alimova tomonidan monitoring tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tumandagi tashkilotlarni o‘rganish bo‘yicha savolnoma loyihasi muhokama qilindi.
Shuningdek, qonun ijrosini joylarda o‘rganish, bandlik bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda tashkilotlarda mehnat munosabatlari holatini tahlil qilish maqsadida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.
Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan bandlikni ta’minlash, norasmiy bandlikning oldini olish, ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1