Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Ulug‘bek Ziyodullayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Yoshlar manfaatlari yoʻlida yangi tizim
янв.21
Inom Madjidov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanida korrupsiyaning oldini olish va tizimda ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.M.Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chilonzor tumanidagi 138-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi. Mahalla aholisi va saylovchilar bilan deputat o’rtasida ochiq muloqot uchrashuvi bo’lib o’tdi.

G’azberon mahalla aholisi va saylovchilar bilan 13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassis G.Soliyeva hamda G’azberon MFY xotin-qizlar faoli O.Murodovalar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuv aholining turli masalalari, ehtiyojlari va takliflarini bevosita deputatga yetkazish imkonini berdi. Deputat saylovchilarning fikr va mulohazalarini diqqat bilan eshitib, ularni hal etish yo’llarini belgilashga kirishdi.

Uchrashuv davomida aholi turli sohalarda o’z taklif va takroriy

savollarini bildirdi. Jumladan, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, ko’p

qavatli uylar va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash, ta’lim va sog’liqni

saqlash masalalaridagi muammolar keng muhokama qilindi. Deputat har bir savol

va taklifni batafsil ko’rib chiqib, tegishli idora va tashkilotlar bilan

hamkorlikda hal etishini ma’lum qildi.

Shuningdek, uchrashuvda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar, mahallada

yangi imkoniyatlar yaratish va aholi hayotini yaxshilash bo’yicha rejalar

muhokama qilindi. Saylovchilar o’z muammolari va takliflarini erkin bildirish

imkoniga ega bo’lib, deputat ularni amalga oshirish uchun tegishli

chora-tadbirlar belgilashini ta’kidladi.

Mazkur uchrashuv saylovchilar bilan deputat o’rtasida samarali muloqotni

ta’minladi. U aholi ehtiyojlarini aniqlash, ularning hayotini yaxshilash va

mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Deputat

nazoratida olib borilayotgan ishlar mahalla aholisiga sifatli xizmat ko’rsatish

va ularning muammolarini tezkor va samarali hal etishga qaratilgan.
 

Slide 1 of 1