Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muxtor Ilhomov tomonidan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida o‘rganish olib borildi
янв.21
Vasila Alimova tomonidan monitoring tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Ulug‘bek Ziyodullayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Yoshlar manfaatlari yoʻlida yangi tizim
янв.21
Inom Madjidov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanida korrupsiyaning oldini olish va tizimda ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.M.Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputat mahallada Mahalla inspektori faoliyati va kriminogen vaziyat tahlil qilindi

 Mahalla inspektori faoliyati
va kriminogen vaziyat tahlil qilindi
 

 Mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni
ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda ichki ishlar organlari
xodimlari, ayniqsa, profilaktika inspektorlarining o‘rni beqiyos.
 

Xalq deputatlari Piskent
tumani Kengashidagi 15-Fayzabod saylov okrugi deputati (XDP Kengashi raisi)
D.Komilova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan
hududga biriktirilgan IIB xodimi (profilaktika inspektori)ning faoliyati va u
tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
 

 Asosiy e’tibor nimalarga qaratildi? O‘rganish
davomida mahallani «sariq» toifadan «yashil» hududga o‘tkazish bo‘yicha IIB
xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi:
 

Profilaktik ishlar: Hududda
ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj va profilaktik hisobda turuvchi 181 nafar
shaxslar bilan olib borilayotgan manzilli suhbatlar jarayoni ko‘zdan
kechirildi.
 

Kiberjinoyatchilikka qarshi
kurash: Mahallada kuzatilayotgan 12 ta jinoyatning 9 tasi aynan axborot
texnologiyalari firibgarligi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, xodim tomonidan
aholi o‘rtasida ogohlikni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarining holati tekshirildi.
 

Tungi patrul xizmati: Mahalla
hududida o‘g‘rilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tungi
nazorat tadbirlarining tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.
 

 Hamkorlik va istiqboldagi vazifalar: Suhbat va
o‘rganish davomida mahalla faollari, xotin-qizlar faoli va IIB xodimining
hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Deputat tomonidan
mahalla osoyishtaligini ta’minlash, kiberfiribgarlik qurboniga aylanib
qolishning oldini olish bo‘yicha xonadonbay targ‘ibot ishlarini jadallashtirish
yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 1