Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Vasila Alimova tomonidan monitoring tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Ulug‘bek Ziyodullayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Yoshlar manfaatlari yoʻlida yangi tizim
янв.21
Inom Madjidov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanida korrupsiyaning oldini olish va tizimda ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.M.Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chilonzor tumanidagi 138-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi
Deputat mahallada Maktab sport zali va sport anjomlarining holati o‘rganildi

 Maktab sport zali va sport
anjomlarining holati o‘rganildi
 

 Mahallalarda yoshlarning jismoniy tarbiya va sport
bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, sport
inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash deputatlik nazoratining
muhim yo‘nalishlaridan biridir.
 

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashidagi
15-Fayzabod saylov okrugi deputati (XDP Kengashi raisi) D.Komilova hamda
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan mahallalardagi
sport obyektlari, ta’lim muassasalarining sport zallari va ulardagi
jihozlarning holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
 

 Mazkur rejali
tadbir davomida hududdagi 17-umumta’lim maktabining sport zali va undagi mavjud
imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor
quyidagilarga qaratildi:
 

Sport zalining bugungi kundagi texnik holati va
tozalik darajasi;
 

O‘quvchilar va mahalla yoshlari uchun sport
anjomlarining (to‘plar, gimnastika jihozlari va boshqalar) mavjudligi hamda
ularning yaroqliligi;
 

Darsdan tashqari vaqtlarda yoshlarning sport
to‘garaklariga jalb etilish darajasi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 2