🔴Tashrif davomida tuman Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-17-28-8-112-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan dastur ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rgandi. Tasdiqlangan dasturda joriy yil yakuniga qadar tumandagi 23 ta mahallalarning 30 ta ko'chalarida mahalla ichki yo'llarni ta'mirlash belgilangan.
🔴Mazkur o‘rganishlar davomida mahalladagi “Minor” ko‘chasining 1200 metr qismi to‘liq asfaltlangani va belgilangan reja asosida ishlar yakuniga yetkazilgani ko‘zdan kechirildi.
🔴Ushbu amaliy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ichki yo‘llar holatini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
🔴O'rganishlar doirasida amalga oshirilgan ushbu yo‘l qurilishi ishlarining sifati va texnik talablarga muvofiqligi Kotibiyat mudiri tomonidan alohida tahlil qilindi.
🔴A.Samanov hududdagi obodonlashtirish ishlarini sifatli bajarilishi aholi uchun qulaylik yaratish barobarida, tuman Kengashi qarorlarining hayotiy ifodasi ekanini ta’kidlab o‘tdi.
✅ Xalq vakillarining doimiy nazorati va joylardagi ijro intizomi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng asosiy poydevori bo‘lib xizmat qiladi.