Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Aziz Ibragimov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Ahrorxon Xashimxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanidagi sug‘orish tizimi bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Muxtor Ilhomov tomonidan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida o‘rganish olib borildi
янв.21
Vasila Alimova tomonidan monitoring tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
Deputat savdo markazida narx-navoni o‘rgandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Kilichev savdo markazlarida bo‘lib, aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat va kundalik iste’mol mahsulotlari narxlarini o‘rgandi.

🛒 O‘rganish davomida mahsulotlar narxining asosliligi, savdo madaniyati, sanitariya holati hamda xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, ayrim mahsulotlar narxining keskin oshib ketmasligi yuzasidan tadbirkorlar bilan suhbatlar olib borildi.

💬 Deputat tomonidan savdo rastalarida tartib-intizomni saqlash, narxlarning ochiq-oshkoraligini ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Bu kabi o‘rganishlar aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan masalalarni nazoratda ushlab turish va narx-navoning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2