Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Jumaniyozov Anvar Artiqboevich tumandagi 4-sonli hamda 52-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim muassasalarining sport infratuzilmasi holatini o‘rgandi.
O'rganish davomida maktab sport zallarining bugungi holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport anjomlari va jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash hamda yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.