Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar manfaatlari yoʻlida yangi tizim
янв.21
Inom Madjidov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanida korrupsiyaning oldini olish va tizimda ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.M.Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chilonzor tumanidagi 138-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
Yunusobod tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi va sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
“Oltinsoy” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi
Deputat tashabbusi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-Darband saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar Xolmirzayevichning tashabbusi bilan “Darband” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga kirish qismida joylashgan, piyodalar hamda avtotransport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan zovur ustidagi ko‘prikning yon tomonlariga hashar yo‘li bilan himoya to‘siqlari o‘rnatildi.

Mazkur xayrli tashabbus mahalla faollari, homiylar va fuqarolarning hamjihatligida amalga oshirilib, aholi xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlar va keksalarning harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qildi.

Hududda amalga oshirilayotgan bunday obodonlashtirish ishlari mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish hamda aholi o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4