Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mirobod tumanida korrupsiyaning oldini olish va tizimda ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.M.Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Chilonzor tumanidagi 138-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
Yunusobod tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi va sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
“Oltinsoy” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Deputat tomonidan profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat S.Xadjikulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi H.To'rayev birgalikda Yangihayot mahallasi profilaktika inspektorining 2026-yil boshidan bugungi kunga qadar amalga oshirgan faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, fuqarolar o‘rtasida amalga oshirilayotgan tushuntirish ishlari hamda aholi xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan hozirgi kunga qadar mahalla hududida 4 ta kiberjinoyat holati sodir etilgan. Shu munosabat bilan fuqarolarni internet tarmoqlari orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlaridan ogoh etish, bank kartalari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish yuzasidan profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.