Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Депутатом Ташкентского городского Кенгаша народных депутатов Саид Газиевой Сакинахон Шерзодовной направлены депутатские запросы в адрес около 20 органов местной исполнительной власти
янв.21
❗️Dep Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna tomonidan 20 ga yaqin mahalliy ijro hokimiyati organlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi
янв.21
Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sayfulla Ahmedov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi 15-may, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Musurmanov tomonidan hududdagi 8-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ta’lim-tarbiyasi, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning bugungi faoliyati o‘rganildi.

#96_qonun
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Musurmanov tomonidan hududdagi 8-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ta’lim-tarbiyasi, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning bugungi faoliyati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish hamda bolalarning har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, sog‘lom ovqatlantirilishi, mashg‘ulot xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda ta’lim jarayonining samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 3