✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi E.To‘rayev va Ekspert guruhi a‘zosi Sharof Rashidov mahalla raisi F.Ruxsatov hamda hokim yordamchisi bilan birgalikda hududdagi yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rgandi.
✅ O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, Nastarin ko‘chasining 1,2 km qismi hozirga qadar asfaltlashtirilmagan.
✅ Mahalladagi qolgan ko‘chalar esa to‘liq asfaltlangan bo‘lib, mazkur hududdagi ushbu masala aholi uchun muayan noqulayliklar tug‘dirmoqda.
✅Mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga taqdim etilishi belgilandi.