Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dildora Rustamova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Olmazor tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
Yangihayot tumanida ko‘prik va maktab holati o‘rganildi
янв.21
Sanakulov Umid Quvondiqovich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Nodira Egamberdiyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Otabek Jiyanboyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARINING HAFTA DAVOMIDAGI FAOLIYATI
янв.21
Uchtepa tumanida elektr ta’minoti masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
M. Ilxomov tomonidan “Sharq yulduzi” mahallasida joriy yilning I choragi yakunlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi tashkil etildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasiga muvofiq, tumani Kengashi deputati J.Rahmonqulov tomonidan “Navbahor” mahallasida joylashgan 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlari bugungi kunda sustlashgani, ayrim yo‘nalishlarda ishlar to‘xtab qolgani kuzatildi. Xususan, maktab binosining tom qismi sifatli bajarilmaganligi sababli yog‘ingarchilik vaqtida suv o‘tkazayotgani aniqlandi. Mazkur holat ta’lim muassasasining sifatli va belgilangan talablarga mos ravishda foydalanishga topshirilishi yuzasidan jiddiy e’tibor qaratilishi lozimligini ko‘rsatmoqda.

Mas’ullar tomonidan bildirilishicha, obyektni joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Vaholanki, mazkur maktabni Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish belgilangan edi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatsiz bajarilgan qismlarni qayta ko‘rib chiqish hamda obyektni belgilangan talablar asosida sifatli tarzda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va tanqidiy fikrlar bildirildi.

Slide 1 of 7