Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
U yerdagi sharoitlar va kitobxonlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida Kitob fondining holati, markazdagi badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlarining zaxirasi hamda yangi nashrlar bilan boyitilish darajasi ko‘zdan kechirildi.
Foydalanuvchilar uchun masofaviy xizmat ko‘rsatish, elektron kitoblar bazasi va internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.
ARMga tashrif buyuruvchi yoshlarning soni, ularning qiziqishlari va mutolaa madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va markazning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.