Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan muloqot — kelajak sari muhim qadam
янв.21
Deputat tashabbusi bilan muammoga tezkor yechim topildi
янв.21
Muqimiy” mahallasida hududiy o‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputatlar tomonidan hal etildi
янв.21
Aholi salomatligi va murojaatlari markazida – manzilli yondashuv
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan amaliy ishlar amalga oshirildi
янв.21
Botir Daminov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
To‘lqin Teshaboyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Muxtor Ilhomov va Dilshod Shoumarov aholi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor masalalarni o‘rgandi
янв.21
Hududiy o‘rganishlar – aholi manfaatlari va amaliy natijalar sari muhim qadam
Ravot yoshlari muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 4-Ravot saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Bekzod Tashpulatov tomonidan Ravot mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda yoshlarga ajratilgan yer maydonlari holati o‘rganildi.

Jarayonda tuman prokurori Ravshan Masharipov, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Zarbdor tuman bo‘limi boshlig‘i Tolqin Qodirov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-153-sonli qarori asosida 78 nafar yoshlarga ajratilgan yer maydonlarining bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda yoshlarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlar uchun yuqori hosildorlikni ta’minlash hamda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida subsidiya asosida suv qudug‘i qazish va uni elektr tarmog‘iga ulash masalalari ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 4