Natijada Samarqand shahrining Qozizoda Rumiy ko‘chasida yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari boshlandi 🛣
Ushbu ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
Deputatlik so‘rovlari orqali ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechim topayotgani fuqarolar hayot sifatini yaxshilash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.