Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
📍"KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI AMALDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro'ziboyev Kambag'allikdan farovonlik sari dasturi doirasida shahardagi "Ko'hna-qal'a" mahallasidagi bir guruh extiyojmand oilalar vakillari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida dastur doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, xususan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini yaratish va bandligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Fuqarolar bilan suhbat jarayonida deputat P.Ro'ziboyev har bir oilaning yashash sharoiti, muammolari va takliflarini yakka tartibda tingladi. Muloqot davomida asosan quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:  

 · O‘z xonadonida kichik biznes yoki hunarmandchilikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish
tartibi tushuntirildi; 

· Ishsiz oila a’zolarini mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda zamonaviy kasb-hunarlarga qayta o‘qitish bo‘yicha aniq choralar belgilandi; 

Tibbiy xizmatga muhtoj, nogironligi bor yoki uy-joy sharoitini yaxshilashni so‘rab murojaat qilgan oilalarning masalalari joyida o‘rganilib, ijrosi nazoratga olindi. 

 Uchrashuv yakunida Kengash raisi shunchaki moddiy yordam berish emas, balki oilalarni "oyoqqa turg‘azish", ularning o‘z daromadlariga ega bo‘lishi uchun
sharoit yaratish asosiy maqsad ekanligini ta’kidladi. Aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va har bir murojaat natijasi shaxsan nazorat qilinishi belgilab olindi.
  

Slide 1 of 1