Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
#kotibiyat_mudiri ✅ Xonaqa mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 20-Mitan saylov okrugi deputati Kiyamov Nurali Kuvandikovich tomonidan Xonaqa mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, ichimlik suvi, ko‘cha yoritgichlari, bandlik hamda ijtimoiy yordam masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat deputat tomonidan batafsil tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda masalalar nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan hududlarni rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

🤝 Bunday uchrashuvlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida eshitish, ularni joyida o‘rganish va amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4