Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Deputat o‘rganishidan so‘ng
янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobodda oilaviy nizolarni bartaraf etishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva, Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov hamkorligida oilaviy nizolashib yurgan hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

⚖️ Uchrashuv davomida ishtirokchilarga oilaviy munosabatlar, nikoh va ajrim bilan bog‘liq qonunchilik normalari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

💬 Shuningdek, ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarning muammolari tinglanib, ularni ijobiy hal etish, oilalarni saqlab qolish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.

🤝 Tadbir yakunida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, nizolarni bartaraf etishda huquqiy bilim va madaniyat muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3