Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Deputat nazorati: Pilla – barqaror daromad va bandlik garovi

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati K.Mamanova Suvonobod mahallasida bo‘lib, hududda pillachilikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida xonadonlarda ipak qurti parvarishi, yaratilgan shart-sharoitlar va pilla yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni mavsumiy ish bilan ta’minlash masalalari deputat e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘rganishlar jarayonida mas’ullarga sohani yanada rivojlantirish, ish samaradorligini oshirish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Asosiy maqsad — pillachilikni qo‘llab-quvvatlash orqali xonadonlarda barqaror daromadni ta’minlash, bandlikni oshirish va aholining turmush darajasini yuksaltirishdir.

Slide 1 of 4