Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Kengash_faoliyati

Bandixonda hokim yordamchilari faoliyati va oilaviy tadbirkorlik natijalari o‘rganilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati U.Jumayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan “Chinor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Asosiy maqsad: Prezidentimizning PQ-55-sonli qarori ijrosini ta’minlash, ishsiz aholini kasb-hunarga yo‘naltirish va doimiy daromad manbalarini yaratish.

✅ O‘rganish davomida mahalla raisi va hokim yordamchisi tavsiyasi bilan imtiyozli kredit olib, o‘z xonadonida issiqxona tashkil etgan tadbirkorlar — Alixonov Umid va Alixonov Jamshidlarning xonadonlarida bo‘lindi.

✅Bugun bu oilalar nafaqat o‘zini band qilgan, balki bozorga sifatli mahsulot yetkazib berish orqali barqaror daromad ko‘rmoqda. Bu kabi namunali xo‘jaliklar boshqa ishsiz fuqarolar uchun ham tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

✅Hokim yordamchisi ko‘magi bilan har bir xonadon – tadbirkorlik markaziga aylanishi mumkin!

Slide 1 of 3