Yig‘ilishdan maqsad navbatdagi sessiyalar oldidan Kengashining tegishli doimiy komissiyalari tomonidan joylarda nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etishdir.
🔵Kengash tajribasiga muvofiq, endilikda hisobotlar faqat sessiya zalida emas, balki bevosita joylarda — deputatlar ishtirokida muhokama qilinadi.
💬Shu maqsadda yig‘ilishda:
✔️Hisobot beruvchi tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish uchun maxsus savolnomalar tuzish;
✔️Muhokamalarni joylarda ochiq va shaffof tashkil etish;
✔️Ijro intizomini qat’iy nazorat qilish masalalari belgilab olindi
🫥Ushbu yangicha yondashuv davlat organlarining xalq oldidagi mas’uliyatini oshirishga, deputatlarga esa o‘z okruglaridagi haqiqiy holatdan kelib chiqib, hisobotlarga xolis baho berish imkonini yaratadi.