Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
янв.21
Davronbek Ravshanbekov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati To‘lqin Teshabayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi
янв.21
Qadrli madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.04.2026 yildagi PF-51-son
янв.21
Hududlarda infratuzilma va obodonlashtirish ishlari – deputat nazoratida
янв.21
Chilonzor tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Deputat Gulsara Rizayeva tashabbusi bilan 9-sonli oilaviy poliklinikada hududda joylashgan 2-son politexnikumda tahsil olayotgan qizlar ishtirokida erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur tadbirda yoshlar o‘rtasida erta nikohning salbiy oqibatlari, sog‘lig‘i va kelajak hayotiga ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik normalari, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, ularning ta’lim olish va kasb-hunar egallash huquqlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yoshlarni mustaqil hayotga puxta tayyorlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, yoshlar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4