Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Boyovut tuman bo‘limi faoliyatini o‘rganish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur yo‘nalishda:

⚫️tegishli tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida savolnoma ishlab chiqish,

⚫️masalalarni chuqur tahlil etish uchun alohida ishchi guruh tuzish,

⚫️joylarga chiqib o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish vazifalari belgilandi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonlariga Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolarini keng jalb etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish kelishildi.

Slide 1 of 3