Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
FARMON IJROSI – DEPUTAT NAZORATIDA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga asosan, Urganch shahridagi 8 mahallada 9 ta xonadonning Urganch shahar hokimligining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.  

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati B.Allabergenov va mahalla raisi B.Raximovlar ishtirokida “Bobur” mahallasidagi qurilish va ta’mirlash dasturiga tushgan 2 ta xonadonda yuqoridagi farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xolatini o‘rgandilar.  

O‘rganish jarayoniga ushbu xonadonlarga biriktirilgan pudrat tashkiloti rahbari ham jalb etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Prezidentimizning Farmonlari orqali shahardagi 9 ta oilalarga ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash orqali xar bir xonadonning turmushini yaxshilash va farovon hayot kechirishlari uchun ularga amaliy yordam berishdan iborat. 

O‘rganish davomidagi aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha biriktirilgan pudrat tashkiloti rahbariga deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 3