Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Buvayda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dastur loyihalari ijrosi deputatlar nazoratida

Buvayda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dastur loyihalari ijrosi deputatlar nazoratida

🏛Xalq deputatlari Buvayda tumani Kengashining 2025-yil 16-dekabr kungi “2026-yilda Buvayda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi VII-17-123-11-154-K/25 (https://kengash.gov.uz/doc/228547)-sonli qarori ijrosini nazorat qilish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bahromjon Mamadaliyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Oliyaxon Asqarova joylarga chiqgan xolda o`rganish ishlari amalga oshirildi.

❗️Jumladan tumanning “Elobod” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Evrika 888” MCHJ tomonidan trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi.

⚡️Korxonada zamonaviy uskunalardan foydalanilayotgani, mahsulot sifati va xavfsizlik talablariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat mahalliy ehtiyojni qondirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish orqali hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

📝Mas’ullar tomonidan ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish, yangi turdagi mahsulotlarni yo‘lga qo‘yish hamda yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📈Hududda sanoat korxonalarining barqaror faoliyati aholi bandligini ta’minlash va mahalliy budjet tushumlarini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1